
Toshkentda qoidabuzarliklar sababli “Askiya city” obyekti qurilishi toʻxtatildi
Toshkentdagi “Askiya city” turar joy majmuasi qurilishi qoidabuzarliklar sababli toʻxtatildi. Obyekt 2020-yildayoq muzlatib qoʻyilgan, biroq oradan toʻrt yil oʻtgach, ishlar zarur hujjatlarsiz davom etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qurilish yana toʻxtatilgan.