Asrorjon Asqarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Asrorjon Asqarov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Ilgari u ushbu kompaniyada boshqaruv raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ilgarigi rahbar Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.