Kambagʻallik chegarasi oyiga 669 ming soʻmgacha oshirildi
Oʻzbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari 3,24 foizga — oyiga 648 ming soʻmdan 669 ming soʻmga oshirildi. Ushbu koʻrsatkich mamlakatdagi kambagʻallik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi. Uni hisoblashda inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.