
Oʻzbekistonda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 10 ming dollardan beriladi
Oʻzbekistonda Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 10 ming dollardan toʻlanadi. Urush qatnashchilariga tenglashtirilgan fuqarolarga, shuningdek, front orti mehnatkashlariga qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi. Hukumat kam taʼminlangan faxriylar uchun uy-joylarni taʼmirlashni tashkil etadi, ularni tibbiy yordam bilan taʼminlaydi va yubiley medallarini topshiradi.