Germaniya prezidenti Bundestagni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylov tayinladi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Bundestagni tarqatib yubordi va muddatidan oldin saylovlarni tayinladi — ular 2025-yil 23-fevralda o‘tkaziladi. Bundan oldin deputatlar kansler Olaf Sholsga ishonchsizlik votumini bildirgan edi.