Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻldi
Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon prezident Yun Sok Yolga isyon uyushtirish va qisqa muddatli harbiy holat joriy etishga koʻmaklashganlikda ayblanib qamoqqa olingan. Kim Yon Xyon ushbu ish boʻyicha hibsga olingan birinchi shaxs boʻldi. Qamoqqa olinganidan soʻng u oʻz joniga qasd qilishga uringan.