Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon isyonda ayblanib, Seulning sharqidagi tergov hibsxonasida oʻzini oʻldirmoqchi boʻlgan. Bu haqda Ryonxap axborot agentligi maʼlum qildi.
“Muvaffaqiyatsiz suiqasddan soʻng Kim qattiq nazoratli kamerada saqlanmoqda va uning sogʻligʻi barqaror”, — dedi jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi Shin Yon Xe parlament tinglovlari paytida.
Kim Yon Xyon chorshanba kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga “Shimoliy Koreya tarafdorlarini yoʻq qilish va erkin konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish” maqsadida 3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga yordam berganlikda ayblanib, rasman qamoqqa olingan.
4-dekabr kuni mamlakatdagi favqulodda holat bekor qilindi. Keyinroq sobiq mudofaa vaziri oʻz aybini tan olib, isteʼfoga chiqdi. Prezidentning oʻzi gumonlanuvchi deb eʼlon qilindi va unga chet elga chiqish taqiqlandi.