Madridda Ispaniya futbol federatsiyasining sobiq rahbari Luis Rubialas ustidan sud boshlandi
Ispaniyada Ispaniya futbol federatsiyasining sobiq rahbari Luis Rubialas ustidan sud jarayoni boshlandi. Luis Rubialas ustidan sud jarayoni 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidan keyin boshlangan shov-shuvli janjalning davomi boʻldi. Ispaniya futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Jenni Ermosoni jinsiy zoʻravonlik va unga bosim oʻtkazishda ayblanmoqda.