
Zelenskiy Ukraina resurslarining 50 foizini AQSHga topshirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashdan bosh tortdi
Amerika delegatsiyasi Ukrainaga mamlakat mineral resurslarining yarmi AQSH nazoratiga oʻtishi mumkin boʻlgan shartnomani taklif qildi. Ammo prezident Vladimir Zelenskiy hujjatni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlmaganini aytib, rad javobini berdi. Kiyev konstitutsiya normalarini hisobga olgan holda oʻz taklifini taqdim etmoqchi.