
Toshkentdagi “Mutaxassislar uyi” rasman madaniy meros sifatida tan olindi
Beshyogʻoch koʻchasidagi 16-18-uylar Toshkentning qimmatli meʼmoriy merosi sifatida eʼtirof etilgan. Ular davlat muhofazasiga olingan va Koʻchmas mulk obidalarining milliy roʻyxatiga kiritiladi. Endi ularning atrofidagi har qanday oʻzgarishlar Madaniy meros agentligi bilan kelishishni talab qiladi.