
Nodirbek Abdusattorov Ukrainaning NAʼVI kibersport jamoasiga qoʻshildi
Ukrainaning Natus Vincere (NAʼVI) kibersport tashkiloti shaxmat boʻyicha jamoa tuzdi. Unda uch nafar mashhur shaxmatchi — oʻzbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, amerikalik Uesli So va ukrainalik Aleksandr Bortnik ishtirok etdi.