
DXX va IIV xodimlari SPA-salonlar, karaoke, mehmonxonalar va tungi klublar boʻylab reydlar oʻtkazdi
DXX tomonidan IIV bilan hamkorlikda saunalar, SPA-salonlar, massaj xonalari, karaoke-barlar, mehmonxonalar, xostellar va tungi klublarni tekshirish boʻyicha keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Operatsiya OIV va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan.