Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan LADA avtomobili avtobusga borib urildi: halok bo‘lganlar bor

O‘zbekiston

Bosh konsulxona halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga qaytarish yakunlangani va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Perm o‘lkasining Osinsk tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir necha o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Qozondagi Bosh konsulxona vaziyatga oydinlik kiritdi.

Fojia 22 fevral kuni soat 06:00 da Osa-Chernushka avtomobil yo‘lining 82-kilometrida sodir bo‘lgan. Ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan Lada avtomobili SIMAZ avtobusi bilan to‘qnashib ketgan.

YTH oqibatida o‘zbekistonlik E. F. A. va J. A. Sh. voqea joyida, O. A. M. esa shifoxonada vafot etgan. Hamyurtlarimiz S. B. I., R. M. A. va K. F. J. davolanmoqda.

Bosh konsulxona halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga qaytarish yakunlangani va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.