
Xitoyda IX qishki Osiyo oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va oʻzbekistonliklar allaqachon natijalarni koʻrsatmoqda
Xarbinda IX qishki Osiyo oʻyinlari boshlandi, unda Oʻzbekiston sharafini 6 ta yoʻnalishda 24 nafar sportchi himoya qiladi. Ochilish marosimida togʻ-changʻi alpinistlari Jasur Shamsiddinov va Feruza Boboqulova mamlakat bayrogʻini koʻtarib chiqish sharafiga muyassar boʻldi.