Oʻzbekistonda yangi ekologik xavfli loyihalarni ishga tushirishga taqiq joriy etilmoqda
Oʻzbekistonda 2025-yil 1-maydan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatadigan korxonalarni ochish mumkin emas. Cheklovlar metallurgiya, chiqindilarni qayta ishlash, charm ishlab chiqarish va boshqa sohalarga taʼsir qiladi. Rasmiylar, shuningdek, mavjud zavodlarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda.