
Oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarining uchdan bir qismi Rossiyadagi maqomini qonuniylashtirdi — Migratsiya agentligi
Anonim soʻrov natijalariga koʻra, migratsiya agentligi soʻrovida ishtirok etgan Oʻzbekiston fuqarolarining 35 foizi Rossiyadagi maqomini qonuniylashtirishga muvaffaq boʻlgan. Shu bilan birga, migrantlarning 18 foizi protsedurani nimadan boshlashni bilmagani uchun qonuniylashtirish jarayonini hali boshlamagan, 13 foizi esa 30-aprelgacha ulguramiz deb hisoblaydi.