Markaziy bank bank kartalari soniga cheklovlar kiritdi
Markaziy bank jismoniy shaxslar uchun bank kartalari sonini 20 tagacha chekladi, ulardan bitta bankda ko‘pi bilan 5 tasini rasmiylashtirish mumkin. Yangi qoidalar onlayn-banking sohasidagi firibgarlik va suiiste’molliklarga qarshi kurashishga qaratilgan.