The New York Times: 2025-yilda Buxoroga borish kerak

O‘zbekiston

Amerikaning nufuzli The New York Times nashri Buxoro shahri 2025-yilda tashrif buyurilishi shart bo‘lgan joy ekani haqida maqola e’lon qildi.

Nufuzli The New York Times nashrining yozishicha, Buxoro 2025-yilda tashrif buyurishga arziydigan shahar.

Maqolada ta’kidlanishicha, Buxoro Buyuk Ipak yo‘lining muhim nuqtasi bo‘lib, tarix va madaniyat ixlosmandlari uchun muhim maskan hisoblanadi.

2025 yil kuzida Buxoroda zamonaviy san’atga e’tiborni jalb qiladigan birinchi Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida butun dunyodan taniqli rassomlar, jumladan, britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli va boshqa taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.

Biennale shaharning tarixiy markazida, karvonsaroylar, diniy maktablar va islom madaniyatining boshqa me’moriy durdonalari orasida bo‘lib o‘tadi, ularning aksariyati bir necha asrlar oldin qurilgan.

Bundan tashqari, The New York Times o‘z o‘quvchilariga o‘tgan yili parvozlarni amalga oshira boshlagan ikkita milliy aviakompaniya - Silk Avia va Air Samarkandning ishga tushirilishi tufayli O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish ancha osonlashganini eslatdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.