
Kamyob Pagani Zonda Tricolore RM Sotheby’s auksioniga qo‘yiladi
RM Sotheby’s auksionida uchta Pagani Zonda Tricolore’dan biri sotuvga qo‘yiladi. Ushbu noyob sportkar 11 million dollardan oshib, seriya uchun yangi narx rekordini o‘rnatishi mumkin. Avtomobil Mercedes-AMG‘ning kuchli V12’si bilan jihozlangan, uning ko‘k karbonli kuzovi Italiya bayrog‘i ranglari bilan bezatilgan.