Oʻzbekistonda reklama sohasidagi tadbirkorlar soni ortib bormoqda
Oʻzbekistonda reklama biznesi faol rivojlanmoqda. 2024-yil 1-dekabr holatiga koʻra, reklama faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar soni 1686 taga yetdi. Tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori konsentratsiyasi Toshkent shahrida kuzatilib, u yerda jami kompaniyalarning 65 foizdan ortigʻi faoliyat yuritadi.