Rossiyada migrantlarning pul oʻtkazmalari uchun boj joriy etish taklif qilindi
“Adolatli Rossiya — haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov mehnat muhojirlarining pul oʻtkazmalari uchun bojlarni joriy etishni taklif qildi. Mironovning taʼkidlashicha, 2024-yil yakunlari boʻyicha Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasidan oʻz mamlakatlariga 14 milliard dollardan ortiq mablagʻ oʻtkazgan.