AR yetakchisi Sergey Mironovning aytishicha, “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasidan Davlat dumasi deputatlari migrantlar pul oʻtkazmalari uchun davlat bojini joriy etishni taklif qiluvchi qonun loyihasini tayyorlaydi va parlamentning quyi palatasiga kiritadi.
“Migrantlarning pul oʻtkazmalari uchun davlat bojini joriy etish kerak... Agar 3 foiz boj joriy etilsa, xazina faqat ikki mamlakatga - Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga oʻtkazmalardan 45 milliard rubldan koʻproq oladi. Nahotki bizga bunday pul kerak boʻlmasa?! Qonunchilik tashabbusini tayyorlab, Davlat dumasiga kiritamiz”, — dedi u oʻzining Telegram kanalida.
Mironovning taʼkidlashicha, 2024-yil yakunlariga koʻra, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasidan oʻz mamlakatlariga 14 milliard dollardan ortiq mablagʻ oʻtkazgan, muhojirlarning aksariyati esa Rossiyada hech qanday soliq toʻlamaydi, shu bilan birga ular mamlakatdan katta miqdordagi mablagʻlarni olib chiqib ketmoqda.