Obro‘ga putur yetishi: Bokschi Shahram Gʻiyosov ayiqni masxara qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Shahram Gʻiyosov go‘yoki ayiq bilan jang qilayotgani, uni turli tomonlarga uloqtirib, tepayotgani aks etgan video jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bunday tahqirlashga Buka Gym sport zali ma’muriyati yo‘l qo‘ygan. Sportchi haligacha sodir bo‘lgan voqea uchun uzr so‘ramagan.