
SSV oilaviy poliklinikalarda bepul tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirdi
SSV oilaviy poliklinikalarda qaysi tibbiy xizmatlar bepulligicha qolishi, qaysilari pullik asosda ko‘rsatilishiga oydinlik kiritdi. Bepul yordam davlat tomonidan kafolatlanadi, ammo buning uchun bemorlar shifokorlarga murojaat qilishning belgilangan tartibiga rioya qilishi kerak. Shoshilinch va tez yordam xizmati hamon barcha uchun ochiq bo‘lib qoladi.