Ba’zi fuqarolar uchun elektr energiyasi bo‘yicha 50 foizgacha chegirmalar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi hamda “Xalqaro tinchlik va ishonch yili”ga bag‘ishlangan forumda ishtirok etish uchun 11–12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi. Fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokolni transport vaziri Ilhom Mahkamov va “Turkmenxovayollari” rahbari Dovran Saburov imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan “Ozarbayjon — Turkmaniston — O‘zbekiston” sammitida ishtirok etish uchun Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
BMTning Avaza shahridagi konferensiyasi doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston prezidenti ushbu mukofotni O‘zbekistonga, uning ko‘p millatli xalqiga alohida e’tibor va hurmat ifodasi sifatida qabul qildi.