Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleandagi terakt qurbonlari munosabati bilan AQSH prezidentiga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Yangi Orleanda sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSH prezidenti Jo Baydenga hamdardlik bildirdi. 2025-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi Yangi Orleanda avtomobil shahar markazida Yangi yilni nishonlayotganlar orasiga bostirib kirgandi.