
Oʻzbekistonda “Yoshlar banki” tashkil etildi
Oʻzbekiston rahbari imzolagan hujjatga koʻra, Aloqabank “Yoshlar banki”ga aylantirildi. Bank yosh tadbirkorlarga, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan va kichik biznes egalariga imtiyozli kreditlar ajratadi. Hududlarda biznes-inkubatorlar ochiladi, u yerda startaplar toʻlaqonli biznes darajasigacha rivojlanishi mumkin.