
YTTB Oʻzbekistonga 2024-yilda investitsiyalarning rekord darajadagi hajmiga erishdi
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2024-yilda Oʻzbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmini rekord darajaga yetkazdi. Moliyalashtirish 938 million yevroni tashkil etdi, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Mablagʻlarning yarmidan koʻpi “yashil” iqtisodiyot, jumladan, qayta tiklanadigan energetika va infratuzilma tashabbuslari sohasidagi loyihalarga yoʻnaltirilgan.