16-may kuni O‘zbekistonda havo issiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 39-41°, janubda va cho‘l hududlarda 42-43° gacha bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda. Harorat 39–41°.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.