26-avgust kuni soat 15:31 da O‘zbekistonda Qirg‘izistondan zilzila sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, epimarkaz Botkenda bo‘lgan. Zilzila magnitudasi 4,1 ball, kuchi 5 ball.

Oʻzbekistondagi yer silkinishlarining kuchi:

  • Quvasoy shahrida 2 ball, 57 km.
  • Farg‘ona tumanida 2 ball, 61 km.
  • Farg‘ona shahrida 2 ball, 68 km.

Zilzila episentri Toshkentdan 287 km janubiy-sharqda.