28-oktyabrda O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirmoqda.
Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va tog‘li hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, bu chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Toshkent shahrida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Ushbu hududlar aholisi va mehmonlari ehtiyot choralariga rioya qilishlari kerak. Mutaxassislar ochiq havoda bo‘lishni cheklash va ko‘chaga chiqqanda niqob taqishni tavsiya qildi.