Oʻzbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi bilan bogʻliq voqea ikki davlat diplomatlari tomonidan muhokama qilindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev kuni kecha BAAning Oʻzbekistondagi elchisi Said Matar Al-Kemsini qabul qildi.
Tomonlar “vujudga kelgan vaziyatni tezda tartibga solish” choralarini koʻrishga kelishib oldi.