Oʻzbekiston BMTning Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishga boshchilik qilmoqda

O‘zbekiston

12-dekabr kuni BMT Hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda sayohat xavfsizligini taʼminlash uchun yagona xalqaro standart yaratish masalasi muhokama qilindi. Oʻzbekistonning bir ovozdan rais etib saylanishi uning jahon sayyohlik sohasidagi oʻrnini mustahkamlashga boʻlgan intilishini namoyon etadi.

Foto: Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati

12-dekabr kuni BMT Hukumatlararo komissiyasining Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishga bagʻishlangan birinchi majlisi oʻtkazildi. Ushbu hujjat sayyohlar xavfsizligini taʼminlash va sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan xalqaro standartlar uchun asos boʻladi.

Uchrashuv doirasida 50 ta davlat va BMT Turizm tashkiloti vakillari boʻlajak kodeksning asosiy jihatlarini muhokama qildilar hamda uning mamlakatlarni sayohat xavfsizligi sohasidagi zamonaviy tahdid va xatarlarga moslashtirishdagi ahamiyatini taʼkidladilar.

Majlis yakunida Oʻzbekistonni komissiya raisi etib tayinlash toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilindi. Bu esa mamlakatning xalqaro turizm sohasidagi hamkorlikdagi oʻrni tobora ortib borayotganini koʻrsatadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.