Mahalliy dori vositalari va farmatsevtika startaplarini qoʻllab-quvvatlash uchun 20 milliard soʻm grantlar ajratiladi, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev Tashkent Pharma Park klasteriga tashrifi chogʻida. Tashabbusni moliyalashtirish uchun Innovatsion jamgʻarma javob beradi.
Davlat rahbari 200 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 400 million dollar yoʻnaltirilishini qoʻshimcha qildi. Bu maqsadga erishish uchun “Asakabank”, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va yirik korxonalar kelgusi yil yakuniga qadar tegishli dasturni ishlab chiqadi.
Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Asakabank”ka farmatsevtikani rivojlantirish uchun 100 million dollar miqdorida kredit beradi. Lizing xizmatlari uchun pul ajratiladi.
Shuningdek, “Asakabank” farmatsevtika sohasidagi startaplarni qoʻllab-quvvatlash uchun 10 million dollarlik kapitalga ega venchur kompaniyasini tashkil etadi.
Bundan tashqari, ilgʻor farmatsevtika loyihalari investitsiya fondi tashkil etiladi. Yangi tashkilot biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari va onkologiya kabi yoʻnalishlarda ulushli ishtirokchi boʻladi.