Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston

Ergash Soliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. HET boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Mustafoyev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ergash Alibekovich Soliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi farmonni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Yana bir farmon bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ulugʻbek Mustafoyev 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. U 2019-yil aprelida “HET”ga rahbarlik qilgan, bungacha 2017-yildan “Oʻzbekenergo” kompaniyasi rahbari boʻlgan (oʻsha paytda u qayta tashkil etilib, uchta kompaniyaga — “HET”, “Milliy elektr tarmoqlari” va “Issiqlik elektr stansiyalari”ga boʻlingan).

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.