Poytaxt hokimligi mamlakat bosh archasining muvaffaqiyatli oʻrnatilgani, uning balandligi va bezaklari haqida maʼlum qildi.
Toshkentning bosh archasi 35 metr balandlikda (ikki metrli yulduz bilan birga) boʻlib, 33 000 dona oʻyinchoqlar va 14 000 metr gulchambarlar bilan bezatilgan. Asosiy archadan tashqari, bayram maydoniga yana toʻrtta kichik archa va dekorativ elementlar oʻrnatildi.
Asosiy archa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda joylashgan. U 25-dekabrdan 10-yanvargacha har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻladi.
Toshkentdagi asosiy archa oldidagi yoʻllar 36 kunga yopildi.
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon oldidagi koʻchalar yanvar oyining oʻrtalarigacha transport harakati uchun yopiladi.
Poytaxtda jami 15 ta archa oʻrnatiladi - ular yonida bolalar va kattalar uchun bayram tadbirlari oʻtkaziladi.