“Oʻzi 3 milliardni oʻgʻirlab, qarsaklar ostida ketdi” — deputat Qirgʻizistonning sobiq bosh vaziri Japarov haqida

O‘zbekiston

Qirgʻiziston Jokorku Keneshi deputati Elvira Surabaldiyeva navbatdagi majlisda mamlakatdagi korrupsiya haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, u davlat biznes uchun sharoit yaratmayotgani sababli tadbirkorlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston bozorlariga oʻtib ketayotganini taʼkidladi.

Surat: surabaldiyeva.kg

19-dekabr kuni Qirgʻiziston JJokorku Keneshi majlisida Qirgʻiziston Respublikasining Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqishda, deputat Elvira Surabaldiyeva davlat xizmatchilari orasidagi korrupsiya haqida fikr bildirdi.

“Siz savdo markazlari, bozorlar, uylarni yongʻinga qarshi xavfsizlik boʻyicha tekshiryapsiz. Avval ruxsatnoma uchun pul olasiz, keyin jarimaga tortasiz. Tadbirkorlar chegarada turibdi, siz esa bunday qonun loyihalarini taklif qilyapsiz. Sizda korrupsionerlar yoʻq deb taʼkidlashga urinib koʻringchi. Soliq xizmatida ham xuddi shunday boʻldi. U [sobiq bosh vazir Oqilbek Japarov — tahr.] ETTN [Elektron yuk xati] joriy etishni taklif qildi, oʻzi 3 milliardni oʻgʻirlab, aybsiz ekanligini aytib, qarsaklar ostida ketdi. Bu yerda ham xuddi shunday holat”, — dedi deputat.

Bundan tashqari, Surabaldiyeva davlat tomonidan biznes uchun sharoitlar yaratilmayotgani oqibatida tadbirkorlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston bozorlariga oʻtib ketayotganiga norozilik bildirdi.

“Sizdan tadbirkorlarga hech qanday yordam yoʻq. Ularni qoʻllab-quvvatlash uchun nima qildingiz? Rivojlanish uchun bunyodkor boʻling. Siz televizor orqali rivojlanayapmiz deysiz, lekin televizor hech qachon sovutgichni yenga olmaydi”, — deya qoʻshimcha qildi deputat.

Eslatib oʻtamiz, 16-dekabr kuni hukumatning sobiq rahbari Aqilbek Japarov isteʼfoga chiqqani maʼlum boʻlgandi. Amaldor uchun “tirik yoʻlak” tuzib, qarsaklar bilan kuzatib qoʻyishgan.

Keyinroq Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Adilbek Qosimaliyevni Vazirlar Mahkamasi raisi va prezident maʼmuriyati rahbari etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.