Qirgʻizistonda yangi bosh vazir tayinlandi

Dunyo

Prezident Sadir Japarov Odilbek Qosimaliyev nomzodini bosh vazir va prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tasdiqladi. U bu lavozimda 16-dekabr kuni isteʼfoga chiqqan Oqilbek Japarov oʻrnini egalladi.

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Odilbek Qosimaliyevni Vazirlar Mahkamasi raisi va prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Avvalroq, 16-dekabr kuni hukumatning sobiq rahbari Aqilbek Japarov isteʼfoga chiqqani maʼlum boʻlgandi. Qosimaliyevning bosh vazir lavozimiga tayinlanishi farmon imzolangan kuni parlament tomonidan maʼqullangan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.