Bosh prokuratura departamenti Ko‘kdala tumanida isitish tizimini ta’mirlashga mo‘ljallangan 934,4 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani haqida xabar berdi.
Departamentning tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga ko‘ra, “S-T” MCHJ rahbariyati boshqa shaxslar bilan til biriktirib, ijtimoiy obektlarning isitish tizimlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida rasmiy hujjatlarga yolg‘on ma’lumotlar kiritgan.
Jinoyatchilar ushbu obektlarni isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni pul mablag‘laridan tashqari o‘zlashtirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.