Zomin aeroporti rekonstruksiya tufayli o‘z ishini to‘xtatdi

O‘zbekiston

Jizzax viloyatidagi Zomin aeroporti modernizatsiyani amalga oshirish uchun o‘z ishini to‘xtatdi. Ta’mirlash yirik samolyotlarni qabul qilishga tayyorlash va meteorologik uskunalarni yangilashni o‘z ichiga oladi. Ishlarni yakunlash muddati hozircha e’lon qilinmagan, reyslar rekonstruksiyadan so‘ng qayta tiklanishi kutilmoqda.

Фото: jizzax.uz

Jizzax viloyatida Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo bandargohida infratuzilmani modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi bosqichda yirik havo kemalarini qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, shuningdek, meteorologik uskunalar yangilanmoqda. Aeroportni ta’mirlashni yakunlash va faoliyatini tiklash muddatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, aeroport 2023-yil sentyabr oyida ochilgandi. Uning 60 gektar maydonda joylashgan yo‘lovchi terminali 30 kishiga mo‘ljallangan. Bu obyekt mintaqada turizmni rivojlantirish uchun turtki bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.