Nodirbek Abdusattorov eng ko‘p maosh oluvchi shaxmatchilar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekiston

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda turnirlarda 132,9 ming dollardan ortiq pul ishlab oldi. O‘zbekiston vakili dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi 17 nafar shaxmatchisi ro‘yxatida 12-o‘rinni egalladi.

E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, klassik shaxmat bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaraju bo‘lib, u 1 577 842 dollar ishlab topgan. Ikkinchi o‘rinda Din Lijen 1 183 600 dollar bilan, uchinchi o‘rinda esa Magnus Karlsen 639 369 dollar bilan.

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov o‘tgan 2024-yilda 132 981 dollar ishlab, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi shaxmatchilari ro‘yxatida 12-o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov bu summani o‘tgan yili 12 ta nufuzli turnirda ishtirok etib ishlab topgan edi. Bundan tashqari, Nodirbek joriy yilning 17 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zey shahrida start oladigan "Tata Steel Chess-2025" turnirida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.