Oʻzbekistonda Cyber University davlat universiteti ochiladi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda yangi davlat universiteti — Cyber university ochilishi rejalashtirilgan. Universitet IT sohasida mutaxassislar tayyorlash maydoniga aylanadi.

Oʻzbekistonda yangi davlat universiteti — Cyber university ochilishi rejalashtirilgan. Tegishli qaror davlat rahbari tomonidan imzolandi.

Cyber university IT sohasida mutaxassislar tayyorlash maydoniga aylanadi. Universitet axborot himoyasi, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlaydi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatiga sunʼiy intellekt, robototexnika va boshqa turdosh sohalar asosida avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqish kiradi.

Oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Cyber university davlat organlari, korxonalar va boshqa tashkilotlar uchun zarur boʻlgan kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash uchun asosiy oliygohga aylanadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.