Prezident farmoni bilan Erkinjon Oqboʻtayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Erkinjon Turdimov (1969-yilda tugʻilgan) 2018-yil iyulidan 2024-yil noyabr oyi oxirigacha Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan. OAV uning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli lavozimini tark etgani haqida xabar berdi. Biroq prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, u “boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan” lavozimidan ozod etilgan.
Avvalroq 2016-yil dekabridan Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilgan, 2008–2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi boʻlgan. 1991–1995-yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank”ning hududiy boʻlimlarida ishlagan, soʻngra 1996-yilgacha Zarafshon hokimi oʻrinbosari boʻlgan.
Sirdaryo viloyatining avvalgi hokimi Akmaljon Mahmudaliyev oʻtgan haftada viloyatda investitsiyalarni jalb qilish va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda jiddiy kamchiliklar boʻlgani uchun lavozimidan ozod etilgan edi. Yana 16 nafar hokim hayfsan oldi.