“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, bu yil fevral oyi 6-7 kun davom etadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi.
Ushbu davrning boshida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq atrofida boʻladi. 6-7-fevral kunlari havo sezilarli darajada isiydi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.
Keyinchalik oy oxirigacha harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 2-3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududida birinchi oʻn kunlikning oxirida asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) har oʻn kunlikda 2-3 kundan boʻlishi kutilmoqda.
Fevral oyida respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilikning oylik miqdori oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan oshmaydi.