Shuhrat Qayumov Cyber University rektori etib tayinlandi

O‘zbekiston

Shuhrat Qayumov Cyber University davlat universiteti rektori etib tayinlandi.

Shuhrat Qayumov Cyber University davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston hukumatining tegishli qarori qabul qilindi.

Shuhrat Qayumov Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, Germaniya va Yaponiyaning yetakchi universitetlarida tahsil olgan.

Cyber University davlat universiteti Oʻzbekiston prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan.

Uning asosiy vazifasi axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, robototexnika, sunʼiy intellektni qoʻllagan holda avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimlarini ishlab chiqish kabi ustuvor yoʻnalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

Universitetda raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.