Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston hududlari oʻrtasida tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan — 25,3 mlrd dollar.
Ikkinchi oʻrinni 5,9 mlrd dollar koʻrsatkich bilan Toshkent viloyati, uchinchi oʻrinni esa 4,2 mlrd dollar bilan Andijon viloyati egalladi. Shuningdek, Samarqand viloyati (3 mlrd dollar) va Jizzax viloyatida (2 mlrd dollar) yuqori tashqi savdo hajmi qayd etildi.
Yil davomida eng kam tashqi savdo aylanmasi Surxondaryo viloyati (416,1 mln dollar) va Sirdaryo viloyatida (675 mln dollar) qayd etilgan.