Surxondaryo viloyatida barcha avtomaktablar faoliyati to‘xtatildi
Surxondaryo viloyatida 48 ta avtomaktab va avtodrom faoliyati qonunchilik talablariga javob bermagani uchun to‘xtatildi. Aholi qo‘shni viloyatda imtihon topshirishga majbur bo‘lmoqda, bu esa e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Senat IIVdan ta’lim muassasalarini litsenziyalash va infratuzilmani yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan tushuntirish so‘radi.