
Fintexga investitsiyalar yetti yillik minimumga yetdi, ammo optimizm uchun asos bor
2024-yilda fintech startaplarini global moliyalashtirish hajmi 20 foizga qisqarib, 95,6 milliard dollarni tashkil etdi. Barcha asosiy investitsiya manbalari pasayishni koʻrsatdi, ammo toʻlov xizmatlari va kriptovalyuta loyihalariga sarmoyalar sezilarli darajada oshdi. KPMG tahlilchilari B2B segmentini rivojlantirish va sunʼiy intellektni joriy etish orqali bozorning tiklanishini kutishmoqda.