FVV yaqinlashib kelayotgan sovuq tufayli xavf haqida ogohlantirdi
2024-yilning 29-noyabridan 2-dekabrigacha O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi yoki dam olayotgan fuqarolar, shuningdek, ushbu hududlarda bo‘lgan haydovchilardan hushyorlik va ehtiyotkorlik bilan harakat qilish so‘raldi.