Hokimlarga ayrim davlat organlari rahbarlarini tayinlash va ishdan bo‘shatishga ruxsat beriladi
2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda tuman va shahar hokimliklariga yangi ma’muriy vakolatlar berilmoqda. Xususan, hokimlar 8 ta vazirlik va idoraning bo‘lim rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularni rag‘batlantirish va jazolash imkoniyatiga ega bo‘ladi.